Mamlakatimizga tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi tezkor kuzatuvga olinib, ushbu tuman hududida to‘xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dastlabki qiymati 900 mln. so‘mlik jami 44 dona “Iphone 16 ProMax” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda joriy yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 18 ta holatda umumiy qiymati 2 mlrd. 250 mln. so‘mlik 821 dona uyali aloqa vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish bilan bojxona qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
900 million so‘mlik “Iphone 16 ProMax”larning noqonuniy olib kirilishi aniqlandi