Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston evakuatsiya, ishlab chiqarish va insonparvarlik yordami muhim markaziga aylangan. Millionlab yaradorlar, yetim bolalar diyorimizda boshpana, g‘amxo‘rlik va mehr-muruvvat topgan. Front ortida ayollar, qariyalar va bolalar zavodda, dalada, shifoxonada tinim bilmay mehnat qilgan. Minglab hamyurtlarimiz frontga jo‘nab, jang maydonida mardlik ko‘rsatgan. Xalqimizning urush yillaridagi hayoti yuksak insonparvarlik, matonat va cheksiz hamjihatlikning yorqin namunasidir.

Shonli o‘tmishimiz, ajdodlarimizning yuksak jasoratini yoshlar, xorijiy jamoatchilik orasida keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Yoshlar ishlari agentligi va Volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida“80 yil: O‘zbek xalqining unutilmas jasorati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasiga oid so‘nggi arxiv tadqiqotlari haqida ma’lumot berildi.

Xususan, evakuatsiya qilingan bolalar va ziyolilarga ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, armiya va aholining tibbiy ehtiyojini qondirish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirning madaniy qismida tarixiy manbalarga asoslangan “Sen yetim emassan” spektakli namoyish etildi. Elimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik va insonparvarlik yaqqol aks etgan mazkur sahna asari davra suhbati ishtirokchilarini g‘oyat to‘lqinlantirib yuboridi.

Yosh ijodkorlar tomonidan ijro etilgan urush yillari qo‘shiqlari ham yuzaga kelgan muhitni yanada boyitdi.

Davra suhbati avlodlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, tarixiy merosni chuqur anglash hamda muayyan davrning ma’naviy ahamiyatini qayta his etish imkonini berdi.

O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
80 yil: O‘zbek xalqining unutilmas jasorati