Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi jami avtomobil yo‘llari tarmog‘i uzunligi 209,5 ming kilometrdan ziyod. Shuningdek, avtomobil yo‘llarining 9 foizi xalqaro, 33 foizi davlat hamda 58 foizi mahalliy ahamiyatdagi yo‘llardir.

Shahar ko‘chalarida avtomobillar va piyodalar harakati sezilarli darajada oshib bormoqda. Ko‘chalarda paydo bo‘lgan chuqurlar nafaqat avtotransportga, balki piyodalarga ham aziyat yetkazishi hech kimga sir emas.  

Xo‘sh, bugun yo‘llardagi mavjud muammolarni barataraf etish, yangi yo‘llar qurish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?  

Respublikamiz hududlarini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, jumladan joylarda ichki yo‘llar holatini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.  

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yig‘ma parametrlari tasdiqlandi.  

Tasdiqlangan yig‘ma parametrlarga asosan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi buyurtmachiligida 3,3 trillion so‘m mablag‘ hisobiga joylardagi 2 ming 548 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 2  ming 696 ta ob’ektda jami 8 ming 209 km ichki yo‘llar va 63 ta ko‘prik ta’mirlanishi rejalashtirilgan.  

Xususan, 8 ming 209 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash doirasida 465,3 km ichki yo‘llarga sementbeton, 4 941,7 km yo‘llarga asfaltbeton qoplamasi yotqiziladi. 2 ming 802 km yo‘llar shag‘allashtiriladi.  

Bugunga kelib, ta’mirlanadigan ichki yo‘llar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sektor rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirilgan takliflari asosida shakllantirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan dastur doirasida barcha 2 ming 696 ta ob’ekt bo‘yicha loyihachi va pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” platformasi orqali aniqlangan.  

Joriy yil boshiga hududlarda 26 ming 325 km tuproq yo‘llari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, ushbu yo‘llarga sement va asfaltbeton qoplamalari yotqizilgan. Yo‘llar shag‘allashtirilishi natijasida tuproq yo‘llar 3 ming  822 kmga kamayib, bugungi kunda 22 ming 503 kmni tashkil etmoqda.  

Dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida qishloqlarda aholini qiynab kelayotgan ichki yo‘llar bilan bog‘liq holat yaxshilanib, aholining turmush tarzida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda.  

Shuningdek, yo‘l va yo‘l inshootlari hududlarini obodonlashtirish ishlari yuzasidan 350 dan ortiq brigadalar tashkil qilinib, 10 ming 500 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan. Sel va toshqinlar doimiy ravishda kuzatiladigan hududlardagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘priklar va quvurlar suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida tozalash ishlari amalga oshirilgan.    

2023 yil davomida 517 km piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari bajarildi. 26 ming 112 dona eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirilgan, 6 ming 405 dona qo‘shimcha yangi yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. 14 ming 493 km yo‘l yotiq chiziqlari va 1 ming 923 ta piyodalar o‘tish joylarida yotiq chiziqlar chizilgan.    

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
8 ming 209 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanadi – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi