Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 28-bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tuman hokimligi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Namangan viloyati filiali vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” va 2004-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

“Zafar qurilish servis” korxonasi bunyodkorlari tomonidan 2 milliard 38 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan zamonaviy maskanda yoshlarning kurash, belbog‘li kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, turon yakka kurashi va og‘ir atletika bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

– Sport maktabining yangi binosi yana yuzlab havaskor yoshlarning professional sportchi darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qiladi, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi To‘raqo‘rg‘on tumani vakili Turdiali Qodirov. – Belbog‘li kurash bo‘yicha uch karra jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Rustamjon Umarov, xalqaro toifadagi sport ustalari Muzaffar Soyibboyev, Mansur Bahromov, Fayzullo Munisjonov, belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionlari Abdurasul Habibullayev, Botir Tohirov, Abdulaziz Hamidjonov, Jahongir Abdullayev kabi bugungi kunda mamlakatimizda taniqli sportchilar shu dargohda ilk mahorat saboqlarini olgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chempionlar maktabining yangi binosi