Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi para suzish bo‘yicha “Parij-2024” XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini beruvchi yakuniy reytingni e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu reyting natijalariga ko‘ra 7 nafar o‘zbekistonlik para suzuvchi Fransiya poytaxtida bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlariga jami 25 ta litsenziyani naqd qildi. Taqqoslash uchun, Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para suzuvchilarimiz tomonidan 20 ta litsenziya qo‘lga kiritilgan edi.
“Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan para suzuvchilarimiz bilan tanishing:
Ayollar:
Muslima Odilova
Shohsanam Toshpo‘latova
Erkaklar:
Dmitriy Xorlin
Muzaffar Tursunxo‘jayev
Islam Aslanov
Kirill Pankov
Firdavsbek Musabekov
Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining para suzish musobaqalari 29 avgustdan 7 sentyabr kuniga qadar “Paris La Defense Arena”da bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA