"60 daqiqa” ishi: Trampga 16 million dollar to‘lanadi
AQSH Prezidenti Donald Trampga nisbatan “tuhmat ishi” uchun 16 million dollar to‘lanadi. Bu haqda "Euronews" yozgan.
Yuridik to‘lovdan tashqari hamma mablag‘ Trampning bo‘lajak prezidentlik kutubxonasiga o‘tkaziladi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisi noyabr oyida "CBS News" telekanali o‘sha paytdagi vitse-prezident Kamala Xarris ishtirokidagi “60 daqiqa” yangiliklar dasturini ataylab soxta tahrir qilganini da’vo qilib, salmoqli miqdorda tovon undirdi.
Ushbu masala atrofidagi munozara ortidan yil boshida ijrochi prodyuser Bill Ouens iste’foga chiqdi. “CBS News and Stations” bosh direktori Vendi MakMaxon ham lavozimini tark etgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA