Prezidentimizning 2020 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘pisida»gi farmoni bilan ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani moderinizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish kabi vazifalar belgilab berilgan edi.

Farmonga muvofiq, oliy ta’limdan keyingi ta’limning bir pog‘onali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlarning ro‘yxati har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekiston Respublikasida fan doktori (DSc) sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan professor, dotsent, katta ilmiy xodim va ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonlar to‘g‘risidagi hujjatlar oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar kengashlarining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazmasdan va boshqa sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.

Mazkur farmon talablaridan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan shu kunga qadar 56 fuqaroning xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan ilmiy daraja olganligi to‘g‘risidagi hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olindi va nostrifikatsiya qilindi. Ularning 5 nafarini chet el fuqarolari tashkil qiladi. Nostrifikatsiya qilingan hujjatlar Germaniya, Buyuk Britaniya (7 tadan), AQSH, Xitoy (6 tadan), Belgiya, Yaponiya (4 tadan), Italiya, Janubiy Koreya (3 tadan), Shvetsiya, Niderlandiya, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Kanada (2 tadan), Ispaniya, Shveysariya, Daniya, Chexiya (1 tadan) kabi davlatlarning oliy ta’lim tashkilotlaridan olingan.

Hujjatlarning fan tarmog‘iga doir tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 20 ta, texnika fanlari bo‘yicha 9 ta, fizika fanlari bo‘yicha 6 ta, matematika va qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha 4 tadan, biologiya va siyosiy fanlar bo‘yicha 3 tadan, kimyo va yuridik fanlar bo‘yicha 2 tadan, filologiya, pedagogika, tibbiyot fanlari bo‘yicha 1 tadan hujjat nostrifikatsiya qilingan.

Ulug‘bek Mamadaliyev,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi axborot xizmati rahbari.

O‘zA

(G.Boboyeva)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
56 ta hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olindi va nostrifikatsiya qilindi