500 nafar xotin-qiz ishli bo‘ladi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Sanoatchilar mahallasida yana bir yangi korxona ish boshladi.
Sanoatchilar mahallasida joylashgan Polimer idish-tovoqlar ishlab chiqarish korxonasi hududidagi bo‘sh turgan yer maydonida tumandagi “Nil granit” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona barpo etilib, ishga tushirildi.
Korxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan Xo‘jaobod tumani hokimi O‘tkirbek Shukurov va boshqalar tomonidan bugun Xo‘jaobod tumanida o‘nlab mana shunday korxonalar samarali faoliyat yuritayotganligi, tuman nafaqat Andijon viloyatida, balki Farg‘ona vodiysidagi eng ko‘p trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hududga aylanganligi ta’kidlandi.
Umumiy qiymati 15 million AQSH dollariga teng investitsiya loyihasi doirasida barpo etilib, ish boshlagan korxona mahsulotlarining asosiy qismi eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Korxona to‘la quvvat bilan ish boshlagach, 500 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.
[gallery-6079]
F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA