Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan ma’lum qilishlaricha, “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati buyurtmachiligida “Yuk tashish xizmati ko‘rsatish” yuzasidan o‘tkazilgan 500 million so‘mlik davlat xaridida qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Xususan, davlat xaridida  ishtirok etgan ikki talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va a’zolari foydalangan qurilma orqali (IP-manzillari bir xil) elektron platformaga yuklangan.    

Oqibatda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilgan va boshqa qonunbuzilish holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan.  

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.  

Agentlik taqdimnomasiga binoan “Toshkentonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
500 million so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablari buzilgan