50 dan ortiq davlat Rossiyani zudlik bilan sulhga rozi bo‘lishga chaqirdi
BMTning 50 dan ortiq davlati Rossiyani keng qamrovli sulhga rozi bo‘lish va mazmunli tinchlik muzokarasini boshlashga chaqirdi. BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishidan oldin Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas va Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga tomonidan qo‘shma bayonot taqdim etildi.
Hujjat mualliflari xalqaro gumanitar huquqqa hurmat ko‘rsatish, oddiy aholini himoya qilish va hibsga olingan, chiqarib yuborilgan fuqarolar, jumladan bolalar va harbiy asirlarni qaytarishga chaqirgan.
Bayonotni imzolaganlar Qora dengizda kema erkinligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakat qo‘llab-quvvatlanishini bildirib, Ukrainadan don eksporti bilan bog‘liq kelishuvga erishish zarurligini ta’kidlagan.
Ta’kidlanishicha, Ukraina 2025-yil mart oyida keng qamrovli sulhga rozi bo‘lgan.
S.Rahimov, O‘zA