"5 oydan beri avtobus kelmaydi." (+video)
Toshkent viloyati Qibray tumani Yangiobod qishlog‘i aholisi tomonidan O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga murojaat kelib tushdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qishloqqa avvallari 16-raqamli “Toshshahartrans”AJga qarashli avtobus qatnar edi. Ammo bundan bir necha oy avval avtobuslar qatnovi butkul to‘xtatib qo‘yildi. Hududda istiqomat qiluvchi 700 dan ziyod xonadon vakillari jamoat transporti yo‘qligidan qiynalayotgan edi.
Ma’lumot uchun Yangiobod qishlog‘i Yangi O‘zbekiston bog‘ining shundoqqa orqasida, 2 km uzoqlikda joylashgan.
O‘zA muxbiri vaziyatni o‘rganish uchun hududga bordi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mXX1Pc8KFbE" title=""5 oydan beri avtobus kelmaydi."" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Nishonboy ABDUVOITOV, Ulug‘bek TO‘XTAEV, O‘zA