Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda yer nazorati tadbirlarini samarali tashkil etishda “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ahamiyati xususida so‘z bordi.  

Qayd etilganidek, Prezidentimizning 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan “Ye-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi.  

Unga ko‘ra, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda ortiqcha qog‘ozbozlik hamda ehtimoliy korrupsion harakatlarning oldini olish, yer qonunbuzilish holatlarini aniqlashdan to bartaraf etishgacha bo‘lgan jarayonlarni monitoring qilib borish, yerga oid qonunbuzilishlar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan elektron hisobini yuritish mumkin.  

Shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, yerlardan maqsadsiz foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z muddatida murojaat qilmaslik holati bo‘yicha manzilli ma’lumotlar bazasini yaratish kabi imkoniyatlarni beradi.  

“Ye-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilib, huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashish samaradorligiga erishildi.  

Kadastr agentligi tomonidan Toshkent shahrida davlat yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan 48 ta maxsus planshet yer nazoratchi inspektorlarga yetkazildi. O‘z navbatida ushbu moslamalardan to‘g‘ri foydalanish tartibini xodimlarga tushuntirish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish yuzasidan o‘quv seminari ham tashkil etildi.  

Joriy yilning 1-mart sanasidan e’tiboran Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sinov tariqasida planshetdan foydalanib yer qonunbuzarligini joyining o‘zida elektron rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi.  

Bugungacha barcha hujjatlashtirish ishlari qog‘ozda amalga oshirilib, ayrim hollarda bu ovoragarchilikka sabab bo‘lgan. Endilikda esa kadastr inpektorlari mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron ko‘rinishda ma’muriy bayonnomani o‘sha joyning o‘zida rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.  

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
48 ta maxsus planshet yer nazoratchi inspektorlarga yetkazildi