4,3 milliard so‘mlik qing‘irlik fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan “Chuqursoy texnik-idora” hamda “Toshkent-tovar” bojxona posti bilan hamkorlikda tadbirkorning xorijdan o‘z korxonasi nomiga olib kelgan 4 ta yuk konteyneri bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bojxona ko‘rigi davomida qiymati 4 milliard 303 million so‘mlik 115 ming 654 dona kiyim-kechak, 15,7 tinna granula tovari hamda metall javonlar konteynerlarga tegishli yuk hujjatlarida umuman qayd etilmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, hujjatlarda ko‘rsatilgan “tomchilatuvchi lentani ishlab chiqarish liniyasi” texnologik asbob-uskunalari ham muqaddam foydalanishda bo‘lganligi, uskuna qismlari foydalanishga yaroqsiz hamda zanglaganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zA