Mushuksimonlar oilasining eng chaqqon va tezkor, shu bilan birgalikda hujumkor toifasiga kiruvchi panteralar, ya’ni Tayfun va urg‘ochi Bagira Toshkent hayvonot bog‘iga “Wildlife Care” hayvonot bog‘i boshqaruv kompaniyasi yordamida keltirilgan.

Ayni paytda 4 yoshda bo‘lgan mazkur hayvonlarning yashashi uchun bog‘da barcha sharoitlar yaratilgan va ular mol go‘shti, sut  va haftada bir marotaba, quyon va o‘rdak bilan oziqlantirilmoqda. O‘zA xodimlari panteralarni ko‘rgani borgan vaqtda hayvonot bog‘i xodimi ulardan birini, ya’ni Tayfunni ovqatlantirayotgan edi. Tayfunning terisi tim qora, e’tibor berib qaralsa, terisining ba’zi qismlarida mushuksimonlar terisiga xos dog‘larni ko‘rish mumkin. Bog‘ga keltirilganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, Tayfun uni tasvirga olishimizga qarshilik qilmadi yoki hech qanday agressiv harakatlarni sodir etmadi. Ammo hayvonot bog‘i mutaxassisiga ko‘ra, panteralardagi agressiv harakatlar asta-sekinlik bilan, ya’ni ular ulg‘aya borgani sari shakllana boradi.  

Panteralar hozircha xoda, taxtalar bilan jihozlangan, osti qumdan iborat turli volerlarga joylashtirilib, ichiga koptok va boshqa o‘yinchoqlar tashlab qo‘yilgan. Hayvonlar yirtqich bo‘lgani bois baribir, ularning yoniga kirish xavfli. Shu bois hayvonlarni ovqatlantirish uchun avvaldan tayyorgarlik ko‘riladi.  

Urg‘ochi Bagira tabiatan odamoviroq bo‘lib,  u sherigi Tayfundan farqli o‘laroq, shu kunga qadar hech kimga ko‘rinish bermay kelayotgan ekan. shuningdek, kutilmaganda qarshisida paydo bo‘lgan  mehmonlar (O‘zA xodimlari)ni ham bir oz xushlamay turgani Bagiraning yuz qiyofasidan sezilib turdi.  

Havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan, shu kunlarda ham hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar topilmoqda. Hayvonot bog‘i xodimiga ko‘ra, “yangi sharoitlarga to‘liq moslashgach, panteralar o‘zlari uchun mo‘ljallangan maxsus maydonlarga, ya’ni alohida tayyorlangan ekspozitsiya volerlariga o‘tkaziladi va shunda hayvonlarni bemalol ommaviy tomosha  qilish mumkin bo‘ladi”.  

Panteralarga xos qiziqarli faktlar  

Panteralar mushuksimonlar oilasining eng chaqqon va o‘ziga xos xarakterga ega vakillari hisoblanishadi. Ularning tana uzunligi 110-188 sm.gacha, dumi uzunligi  45-70 sm, tana vazni esa 40 kg.dan 90-100 kg.gacha bo‘ladi. Hatto ba’zi ma’lumotlarda panteralarning tana vazni 120-138 kg.gacha bo‘lishi mumkinligi aytiladi.  

Yirtqich hayvonlar sirasiga kiruvchi mazkur tajovuzkor panteralar asosan tropik o‘rmonlarda, umrining teng yarmini esa daraxt shoxlarida o‘tkazishadi. Odatda ularga Keniya, Hindiston, Shri Lanka, Nepal, Tailand, Malayziya, Yava orollari, Meksika, Panama, Kosta Rika va Paragvay kabi mamlakatlarda duch kelish mumkin.  

Ilk marotaba 1794 yilda panteralarni yaqindan o‘rgangan nemis tabiatshunos olimi — Fridrix Albrext Anton Mayer bu jonivorlarning  g‘ayrioddiy xususiyatga ega ekanligi, ularning tunda ko‘rish qobiliyati yanada kuchayishini aniqlagan. Olimga ko‘ra, panteralar  o‘ljasini chalg‘itish maqsadida hatto o‘z hidini ham o‘zgartira olish xususiyatiga ega.  Bunday usulni panteralar o‘ljani qo‘rqitib yubormaslik maqsadida ham ishga solishadi.  

Fransiyalik zoolog va tabiatshunos — Jorj Kyuve  esa qora panteralarning hatto 5 metr balandlikda ham o‘ljani ov qila olishi mumkinligini isbotlagan.  

Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra bu yirtqich hayvonlar och qolsa, odatda iste’mol qilmaydigan o‘ljalariga ham oxirgi najot sifatida tashlanishi mumkin.  

Qoravoylar tabiatan o‘z bolalariga juda mehribon bo‘lishib, 2 yoshga to‘lgunga qadar o‘z yonlaridan jildirmaydilar.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4dPJwzCW41g" title="4 yoshli Bagira va Tayfun bilan tanishuv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 yoshli Bagira va Tayfun bilan tanishuv (+video)