4 sentyabr - Butunjahon taekvondo kuni
Bundan 28 yil oldin, 1994 yilning 4 sentyabr kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Parijdagi sessiyasida taekvondo WT sport turi rasman Olimpiya o‘yinlari tizimiga qabul qilinib, 2000 yil "Sidney-2000" o‘yinlarida ilk bor taekvondo bahslari o‘tkazilgandi.
2006 yil Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida o‘tgan Xalqaro taekvondo federatsiyasi Bosh assambleya yig‘ilishida 4 sentyabr - Butunjahon taekvondo kuni, deb e’lon qilindi.
Aytish joiz, O‘zbekistonda ushbu sport turi bilan shug‘ullanib kelayotganlar 20 mingga yaqinni tashkil etadi. Ko‘plab taekvondochilarimiz Jahon va qit’a chempionlari hisoblanadi. O‘tgan yil Tokio olimpiadasida iste’dodli sportchimiz Ulug‘bek Rashidov oltin medalga sazovor bo‘lib, yurtimiz taekvondosining yangi zarvarag‘ini yaratdi.
O‘zA