Sport xabarlari
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kelgusi yili bo‘ladigan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Moldovada o‘tkazmoqda.
Stol tennisi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kelgusi yili bo‘ladigan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Moldovada o‘tkazmoqda.Ushbu yig‘inga terma jamoamiz bosh murabbiyasi Saida Mahmudova 16 nafar shogirdini jalb qildi. Maqsad kelgusida xalqaro maydonlarda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda qatnashadigan sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish va 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish xuquqini beradigan yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdir.
* * *
Basketbol. Poytaxtimizda basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi birinchi liga bahslari ikkinchi turining navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bekobodning “Metallurg” va Zarafshonning 12-bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda 90:60 hisobi qayd etildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti sharafini himoya qilayotgan basketbolchilar “Alpomish” jamoasiga 16:76 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa Navoiyning 4-bolalar va o‘smirlar sport maktabi 2-jamoasini 77:27 hisobida yengdi.
Navoiy 4-bolalar va o‘smirlar sport maktabi 1-jamoasi va Andijon olimpiya zaxiralari kolleji bahsi 22:72, Navoiy olimpiya zaxiralari kolleji va Samarqand olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazijamoalari uchrashuvi 25:67, Namangan olimpiya zaxiralari kolleji va “Pahlavon” jamoasi o‘yini 72:45, 7-olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabi va “Chorvaozuqaservis” jamoasi bahsi 44:65 hisobida yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi tur uchrashuvlari 12-dekabrga qadar davom etadi.