“Paxtakor”ning irodali g‘alabasi
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki tur uchrashuvida Eronning “Naft Tehron” klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining dastlabki tur uchrashuvida Eronning “Naft Tehron” klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.“Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Ikkinchi taymni hujumkor ruhda boshlagan “Paxtakor” jamoasi 47-daqiqada Kaxi Maxaradzening aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. Ammo oradan bir daqiqa o‘tib, uchrashuv bosh hakami yaponiyalik Masaaki Toma yarim himoyachimiz Sherzodbek Karimovni maydondan chetlashtirdi.
59-daqiqaga kelib “Naft Tehron” jamoasi a’zosi Ali Gorbani hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida yosh hujumchimiz Igor Sergeyev navbatdagi golga mualliflik qildi va “Paxtakor” jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.