39 yoshli Lionel Messi golli vaziyatlar yaratish bo‘yicha jahon chempionatida tengsiz bo‘lib turibdi
Squawka tahliliy nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning «Inter Mayami» klubi a’zosi bo‘lgan Messi ushbu mundial davomida jamoadoshlarini yetti marta mutlaqo xavfli va yaqqol golli vaziyatga olib chiqqan.
Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi, 39 yoshli Lionel Messi joriy jahon chempionatida golli vaziyatlar yaratish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib, reytingni boshqarmoqda.
Squawka tahliliy nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning «Inter Mayami» klubi a’zosi bo‘lgan Messi ushbu mundial davomida jamoadoshlarini yetti marta mutlaqo xavfli va yaqqol golli vaziyatga olib chiqqan. Bu turnirdagi mutlaq eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.
Ushbu ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan Fransiya terma jamoasi a’zosi Maykl Olise joy olgan — uning hisobida beshta yaratilgan xavfli vaziyat mavjud. Kuchli uchlikni esa har biri to‘rttadan «katta imkoniyat» yaratishga muvaffaq bo‘lgan Yan Diomande (Kot-d'Ivuar), Yozua Kimmix (Germaniya), Nunu Mendesh (Portugaliya), Roberto Alvarado (Meksika) hamda Usmon Dembele (Fransiya) bo‘lishib turibdi.
JCH-2026ning hal qiluvchi bahslari yaqinlashmoqda. Ertaga, 14-iyul kuni musobaqaning ilk yarim finalida Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ikkinchi finalchi nomi esa bir kundan keyin — 15-iyul kuni o‘tkaziladigan Argentina hamda Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.