World Boxing shafe’ligida Tailandning Bangkok shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun mamlakatimiz bokschilar jamoasining dastlabki tarkibi jo‘nab ketdi.

Kecha O‘zbekiston boks federatsiyasida mazkur nufuzli musobaqada 4 ta tarkib bilan qatnashadigan terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida federatsiya mutasaddilari murabbiy va sportchilarning fikr-mulohazalarini tingladi. O‘tkaziladigan har bir jangda mas’uliyatli bo‘lish borasida zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Keyingi yili Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sanalgan chempionat orqali mahoratli bokschilarni tanlash, ularning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishda mazkur birinchilik ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul - 12 avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan qit’a chempionatida umumiy hisobda 38 nafar o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari jang olib boradi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
38 nafar yosh bokschimiz Osiyo chempionatida qatnashadi