Imkoniyatlar intilishga undaydi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 31-umumta’lim maktabida 400 dan ziyod yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 31-umumta’lim maktabida 400 dan ziyod yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.– O‘tgan 2014-yilda maktabimiz binosi kapital ta’mirlanib, ko‘rkam qiyofaga ega bo‘ldi, – deydi maktab direktori Manzura Hamdamova. – Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan barpo etilgan yangi sport zali ayniqsa, o‘quvchilarni quvontirdi. Keng, yorug‘ va shinam dars xonalari, barcha inventarlar bilan ta’minlangan sport zali zamonaviy sharoitlarda ta’limni tashkil etish imkonini yaratdi.
Maktabda sport to‘garaklari faoliyatining yanada kengaytirilishi o‘quvchilarning turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlamoqda. Jumladan, “Umid nihollari – 2015” sport o‘yinlarining tuman bosqichida maktab yoshlari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.