AOKAda “O‘zarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilot va korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyevning qayd etishicha, “O‘zarxiv” agentligi va uning arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tgan yil davomida rejaga muvofiq 353 ta vazirlik va idora hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi. 

O‘tkazilgan davlat nazorati tadbirlarining 55 tasi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan, 298 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirildi. Davlat nazorati tadbirlari natijasida jami 325 ta tashkilotga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborildi. 

Vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘limlarida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida qator kamchiliklar aniqlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini belgilangan muddatlarda davlat arxivlariga topshirmaslik, arxiv hujjatlarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkazmaslik holatlari aniqlandi. 

Bundan tashqari, davlat arxivlari tomonidan 1 ming 156 ta tashkilot va korxonalar so‘rovlari asosida 768 ta yalpi va 388 ta mavzuli o‘rganishlar o‘tkazilib, ularga arxiv ishi va ish yuritishda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordamlar ko‘rsatildi. 

Shuningdek “O‘zarxiv” agentligida 2024 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator tizimli ishlar olib borildi. Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur dasturda belgilangan 35 ta banddan iborat Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablar buzilganlik holatlari bo‘yicha 11 nafar xodimga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
353 ta tashkilotda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati amalga oshirildi 