35 nafar Farg‘onalik “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olishmoqda
Prezidentimizning 2025-yil 5-mayda qabul qilingan “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni yoshlar va davlat xizmatchilariga katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Unga ko‘ra, Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi qayta tashkil etildi.
“Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanib, bugun o‘zining amaliy samarasini bermoqda. Yoshlarimizga yaratilayotgan ko‘plab imtiyozlar qatori, “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirilishi natijasida top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshladi. Hususan, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshirib berildi.

2025-yilning birinchi ochiq stipendiya tanlovida 173 nafar nomzod, ikkinchi ochiq stipendiya tanlovida yana 64 nafar nomzod “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi sovrindori” deb e’tirof etildi. Ularning 70 foizi dunyoning TOP-100 taligiga kiruvchi (Kembrij, London, Seul milliy universiteti va b.) oliygohlarga qabul qilingan. Ular orasida 25 foizi — xotin-qizlar tashkil etadi.
Bugungi kunga qadar “El-yurt umidi” jamg‘armasi ta’lim dasturlari asosida xorijiy davlatlarda ta’lim olib qaytgan hamda mamlakatimizda mehnat qilayotgan sdipentiatlar 372 nafarni tashkil etib shundan 35 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, ular o‘z viloyatning turli sohalarida mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Ayni vaqtda 52 nafar viloyatimizning iqtidorli yoshlari jamg‘armaning tanlovlarida g‘olib topilib Buyuk Britataniya, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Fransiya davlatlarida tahsil olmoqdalar.

Nufuzli xorijiy universitetlarning bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga jamg‘arma stipendiyalari tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun tushuncha va tavsiyalar berish maqsadida, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda viloyatdagi mingdan ziyod, yoshlar vakillari, talabalar hamda davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan yosh davlat xizmatchilar ishtirok etishdi. Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan xalqaro ta’lim, xorijiy stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan savollariga mutaxassislardan javoblar hamda amaliy tavsiyalar oldilar.
Bu kabi muloqotlar istiqbolli kadrlarni seleksiya qilish bilan bir qatorda, yangi avlod mutaxassislarini shakllantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ahadjon Akbarov,
Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari