34 ming mijozga elektr ta’minoti tiklandi
Buenos-Ayresda asta-sekinlik bilan elektr energiyasi ta’minoti tiklanmoqda.
Buenos-Ayresda asta-sekinlik bilan elektr energiyasi ta’minoti tiklanmoqda. Bu haqda Edesur vositachi kompaniyasi ma’lum qilgan. “34 ming mijozga elektr ta’minoti tiklandi”, deyiladi kompaniyaning Tvitterdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, umumiy elektr tarmog‘iga ulangan Argentina va Urugvayda yoppasiga elektr ta’minoti to‘xtagan va muammo Urugvay tomonida ekani aytilgandi. Avvalroq, Urugvayda ham ta’minot tiklana boshlagani ma’lum qilingan.