Xorazmlik gandbolchi qizlar O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Termiz shahrida "Yu-20" yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari o‘rtasida gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan Xorazm viloyati qizlar jamoasi hal qiluvchi final uchrashuvida Jizzax viloyati vakilalarini 22:19 hisobida mag‘lub etdi.

Barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozongan jamoa musobaqani 100 foizlik natija bilan yakunlab, O‘zbekiston kubogi egasiga aylandi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri