Abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ota-onalar tomonidan ijobiy qabul qilindi va joriy yilgi test sinovlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tahlillarga ko‘ra, o‘tish ballari o‘tgan 2023 yilda belgilangan o‘tish ballaridan katta farq qilmaydi.

– Aksariyat ota-onalardan abituriyent necha ball olsa, oliy ta’lim muassasasiga kirishi mumkin qabilidagi savollar kelib tushmoqda, – deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov. – Aslida oliy ta’lim muassasalariga kirish ballari abituriyentlar tomonidan belgilanadi. Har bir yo‘nalishda kvotalar soni va abituriyentlarning to‘plangan bali inobatga olinadi.  

Abituriyentlarga 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali test sinovlarida to‘plagan balidan kelib chiqib, beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati berildi. Ular 10 avgustga qadar o‘zining ma’lumotlariga, tanlovlariga  o‘zgartirish kiritishi mumkin. Bu yilgi asosiy o‘zgarish abituriyentlar avval test sinovida, keyin tanlovda ishtirok etishidir. Ya’ni, abituriyent o‘zi tanlagan fanlar majmuasiga mos bo‘lgan beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi lozim bo‘ladi. Bu jarayon 15 kunga qadar davom etadi.  

Shuni alohida qayd etish kerakki, test sinovlarida ishtirok etgan 740 ming 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5 foizi 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. 321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5 foiz abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqini qo‘ldan chiqardi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
321 ming nafardan ortiq abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan