317 ta tibbiy punkt tashkil etildi
Sirdaryoda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarni o‘tkazishda fuqarolar salomatligini saqlash va ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 322 ta saylov uchastkasida 317 ta tibbiy punkt faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ularga 317 nafar shifokor, 317 nafar hamshira biriktirildi.
Bundan tashqari, sog‘lig‘ida muammosi bor, tez tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati ham tashkil etilib, tibbiyot punktlari va tez tibbiy yordam xizmati 22 turdagi dori vositalari bilan to‘liq ta’minlanib, qo‘shimcha dori vositalari zaxirasi yaratildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri