Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 yanvardagi “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni keng joriy qilish borasida bir qancha chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Xususan, 2025 yilda 5 million 200 ming fuqaroning bandligini ta’minlash va 1,5 million aholini kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. Birinchi marta 60 ta tuman va shahar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirilishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi 14 ta innovatsion tumanda yoshlarni innovatsion loyihalarga jalb qilish, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi 7 ta texnoparkda 3 ming 485 nafar kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan yoshlarni innovatsion tadbirkorlikka o‘qitish, 92 ta innovatsion loyiha doirasida tadbirkorlikka o‘rgatish, “Inno X” biznes inkubator dasturi doirasida 245 nafar kambag‘al oila a’zolarining startap loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish belgilangan.  

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash borasida qanday amaliy ishlar qilinmoqda? Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Haydarov bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi.  

–Termiz va Qarshi yoshlar texnoparklari tomonidan kambag‘al oila a’zolari uchun startap g‘oyalarni shakllantirish, biznes-reja tuzish, raqamli texnologiyalar, marketing va moliyaviy savodxonlik kabi mavzularda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ularda “Inno X” biznes inkubator dasturi imkoniyatlari, innovatsion loyihalarni shakllantirish, biznes boshlashda muhim ahamiyatga ega omillar, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z bordi. Seminar davomida ishtirokchilar Yoshlar texnoparklariga a’zo bo‘lish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan bir qator savollariga javob oldi.  

Hozirga qadar 7 ta texnopark tomonidan shu kabi seminar-treninglar tashkil etildi. Treninglarga  2 ming nafardan ortiq yoshlar jalb etildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, kelgusida kreativ sohalar klasteri doirasida brend-menejer, startap-menejer, raqamli marketolog, videograf-mobilograf, animatsiya va grafik dizayneri, landshaft, interer va ishlab chiqarish dizayneri, modeler-dizayner hamda IT kabi 32 turdagi kreativ soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ekspress kurslar tashkil etiladi. Shuningdek, 300 ta tadbirkorlik sub’ektining innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi va 1,8 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
300 ta tadbirkorlik sub’ektining innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi