O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan «Iste’molchilar uyi» hamda «Iste’molchi kutubxonasi» loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Besh muhim tashabbus»ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida bir nechta hududlarda kutubxonalar qurilib foydalanishga topshirilmoqda.

Bu haqda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyiha doirasida Respublikamizning turli hududlarida 16 ta barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, ko‘rkam va shinam majmualar foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 30 ga yaqin tuman va shaharlarda qurilish ishlari olib borilmoqda. Keyinchalik, bu kabi ma’muriy komplekslar respublikamizning har bir hududida ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Zamonaviy uslubda qurilgan, o‘ziga xos innovatsion yechimga ega «Iste’molchilar uyi» ma’muriy kompleksidan o‘rin olgan «Iste’molchi kutubxonasi» fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni o‘zida jamlagan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumi ham o‘rin olgan. Ta’kidlash joizki, ilk bora 100 ming donadan iborat elektron kitoblar bazasi ham shakllantirilgan bo‘lib, barcha kitobxonlar arzon narxda masofadan turib xarid qilishlari mumkin.

Kutubxonada zamonaviy “Book cafye” va bepul Wifi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi “eReader” elektron o‘quv qurilmasi ham o‘rnatilgan. Bundan tashqari, majmuadan 5 muhim tashabbus doirasida xotin-qizlar uchun bepul chevarlikka o‘rgatish markazi, maktabni tugatib, biroq ishsiz yurgan yosh yigitlar uchun esa hunarmandchilik an’analarini o‘zida aks ettirgan do‘ppichilik, duradgorlik, kulolchilik, shuningdek, sportning kurash, boks, karate va shunga o‘xshash 15ga yaqin to‘garaklar hamda hozirda yosh avlod katta qiziqish bildirayotgan milliy cholg‘u asboblarini yasash va o‘rgatish bo‘limlarini o‘z ichiga jamlab olgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
30 ta «Iste’molchi kutubxonasi» qurilmoqda, 16 tasi foydalanishga topshirilgan