3 mingdan ortiq shogirdini talabalikka yetaklagan ustoz
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 7-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Mansurbek Mehmonxonov 15 yillik pedagogik tajribaga ega soha jonkuyarlaridan. U o‘quvchilarga kimyo fanidan saboq beradi.
Mansurbek 2023-yilda kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. Pedagogning 15 dan ortiq ilmiy maqolasi xalqaro va respublika miqyosidagi nashrlarda, hatto “Scopus” bazasida indekslangan Fransiyaning “E3S Web of Conferences” xalqaro ilmiy jurnalida e’lon qilingan.
Muallif tomonidan yaratilgan 3 ta o‘quv qo‘llanma amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan keng foydalanilmoqda. Shuningdek, u o‘quv markazi rahbari sifatida faoliyat yuritib, 3 mingdan ortiq yoshning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirishiga hissa qo‘shgan.
[gallery-28759]
Joriy yilda 70 nafar bitiruvchi milliy va xalqaro sertifikatlar asosida muddatidan avval talabalikka qabul qilindi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA