3 million so‘m pora olayotgan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar boshqarmalari xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani Juma shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida mazkur tumanda yashovchi S.A. o‘zini tumandagi 11-sonli musiqa va san’at maktabi direktori, deb tanishtirib, Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasidagi tanishi orqali shu musiqa maktabini bitirganligi to‘g‘risidagi guvohnomani tayyorlab berish evaziga fuqarodan pora tariqasida 3 million so‘m naqd pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda fuqaro S.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.
O‘zA