28 oktabr – Chexiya milliy bayrami kuni
Chéxiya (Česko,) — rasmiy nomi Chex Respublikasi. Chexiya Markaziy Yevropadagi davlat boʻlib shimolda Polsha shimoliy-gʻarb va gʻarbda Germaniya, janubda Avstriya va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Poytaxti — Praga. Zamonaviy Chexiya sobiq Chexoslavkiyaning tinch yoʻllar bilan boʻlinishi natijasida yuzaga keldi. 1999 yilning 12 martdan NATO, 2004 yilning 1 mayidan Yevropa Ittifoqining aʼzosi
Chéxiya (Česko,) — rasmiy nomi Chex Respublikasi. Chexiya Markaziy Yevropadagi davlat boʻlib shimolda Polsha shimoliy-gʻarb va gʻarbda Germaniya, janubda Avstriya va sharqda Slovakiya bilan chegaradosh. Poytaxti — Praga. Zamonaviy Chexiya sobiq Chexoslavkiyaning tinch yoʻllar bilan boʻlinishi natijasida yuzaga keldi. 1999 yilning 12 martdan NATO, 2004 yilning 1 mayidan Yevropa Ittifoqining aʼzosi.
Chex oʻlkalari xaqida IX asr soʻnggidagi tarixiy maʼlumotlarda koʻp yozilgan.
Birinchi jahon urushidan keyin Chexiya, Slovakiya va Karpat Rusi oʻzaro birlashib 1918 yilda Chexoslovakiya davlati tuzilganini eʼlon qilishdi. 28 oktabrda Chexiyada asosiy milliy bayram – mustaqil Chexoslavakiya Respublikasi tashkil topgan kun (Independence Day in Czech Republic) - keng nishonlanadi. Avvaliga bu bayram Respublika kuni deb yuritilardi. 1918 yilning 28 oktabr kuni Pragada Chex Milliy qoʻmitasi Avstro-Vengriya (Austro-Hungarian Empire)dan ajralib chiqqan Chexiya va qoʻshni Slovakiya birlashib Chexoslovakiya Respublikasi tuzilganini maʼlum qildi. 1938 yildagi Myunxen Bitimiga koʻra Slovakiya bu davlatdan ajratiladi, 1939 yilda esa Chexiya fashistlar tomonidan ishgʻol qilinadi hamda Bogemiya va Moraviya Protektorati deb yuritiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Chexoslovakiya sotsialistik taraqqiyot yoʻliga oʻtadi. 1989 yilda yuz bergan “bahmal inqilobi” natijasida mamlakt sotsialistik yoʻldan voz kechdi.
1993 yilning 1 yanvarida mamlakat tinch yoʻllar bilan ikkiga ajratiladi va mustaqil Chexiya va Slovakiya davlatlari paydo boʻladi. Biroq 28 oktabr Chexiyada asosiy bayram sifatida tan olinadi. Shu kuni mamlakatining barcha xududlarida bayram tantanalarini oʻtkazish ananaga aylangan. Pagada xarbiy parad oʻtkazilib, davlat mukofotlari topshiriladi. Chexiya parlamentida esa “ochiq eshiklar kuni” va xalq sayllari oʻtkaziladi.
Chexiya aholisi 10,538 million kishini tashkil qilib, 95%i etnik chexlardan iborat. Aholining uchdan ikki qismi shaharlarda istiqomat qiladi.
Chexiya va Oʻzbekiston hamkorlik aloqalari ananaviy tarzda rivojlanib bormoqda. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojida xech qanday toʻsiqlar yoʻq. Oʻzbekiston-Chexiya iqtisodiy munosabatlari savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, sarmoyalarni oʻzaro himoyalash va ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi bitimlar kabi qator hujjatlarga asoslanadi. Bu borada mamlakatlarimiz oʻrtasida eng koʻp qulaylik yaratish tartibi joriy etilgan. Oʻzbekistonda chex sarmoyasi ishtirokida koʻplab korxonalar faoliyat yuritmoqda. Madaniy-ijtimoiy sohalardagi aloqalarimiz ham rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat oʻrtasida turizm rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonliklar chex kurortlarida dam olishni istashadi. Chex fuqorollari esa Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabzdagi qadimiy yodgorliklarni koʻrishga ishtiyoqmand. Har yili minglab chexiyaliklar Oʻzbekistonga kelishmoqda va Oʻzbekistonni kashf qilishmoqda. Chex arxeologlarining Oʻzbekistonga qiziqishi katta. Surxandaryo viloyatida amalga oshirilayotgan qoʻshma ekspeditsiyalar xar ikki tomon uchun foydali boʻlmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2002 yildan beri Oʻzbekistonning janubiy mintaqalariga Pragadagi Karlov universitetining yosh arxeologlar guruhi kelib qazishma ishlarini olib bormoqda.