Maxsus sana munosabati bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Ish beruvchilari konfederatsiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligida yurtimizda bugundan boshlab 2 mayga qadar “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o‘tkazilmoqda.
“Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli” shiori ostida o‘tayotgan bu yilgi anjumanda sohaga aloqador 30 dan ziyod xalqaro ekspert ishtirok etyapti.
Tadbirda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektning mehnat muhofazasi tizimidagi o‘rni, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash, monitoring qilish va salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologik yondashuvlar muhokama qilinmoqda. Gibrid shaklda o‘tayotgan yig‘in raqamlashtirish asosida xodimlar uchun mehnat xavfsizligini ta’minlashda aniq yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Darvoqe, Jahon mehnatni muhofaza qilish kuni ish joyida halokatga uchragan insonlarni xotirlash, jarohat olgan xodimlarni e’tirof etish xalqaro kuni ham hisoblanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Aaji-I5aUoM" title="28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA