Epidemiya va pandemiya faqat salomatlikka emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikka ham jiddiy zarba beradigan hodisalardir. Tarixan bunday global ofatlar nafaqat minglab insonlar hayotiga ziyon yetkazgan, balki mamlakatlarning rivojlanishi, iqtisodiy o‘sishiga, ishlab chiqarish va savdo zanjiriga, shuningdek davlatlararo munosabatlarga ham katta sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Qadim zamonlardan beri o‘lat (vabo), chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklar ulkan hududlarda aholi soni kamayishiga sabab bo‘lgan. XIX-XX asrlarda tibbiyot sohasidagi yutuqlar tufayli yuqumli kasalliklar ustidan nazorat kuchaygan bo‘lsa-da, globallashuv sharoitida virus va bakteriyalar cheklovsiz tarqalishi osonlashdi.

2020 yil boshlangan COVID-19 avvalgilardan global miqyosdagi, jumladan texnologik va ijtimoiy sohalarga ta’siri bilan ajralib turdi. Pandemiya xalqaro tizimning salomatlik sohasidagi zaif tomonlari, shuningdek infratuzilma yetarli darajada tayyor emasligini oshkor qildi.

O‘sha davrda iqtisodiy inqiroz, ishsizlik ortishi, savdo oqimi buzilishi, davlatlar byudjeti keskin qisqarishi kuzatildi. Bunday sharoitda alohida emas, balki birgalikda harakat qilish zarurligi ayonlashdi. Shu bois BMT tomonidan epidemiyalarga tayyorgarlik bo‘yicha jamoaviy xabardorlikni oshirish maqsadida maxsus kunni belgilash tashabbusi ilgari surildi. Xalqaro hamjamiyat epidemiya va pandemiyalarga samarali javob berishga tayyor turish masalasiga jiddiy e’tibor qarata boshladi. Shu tariqa 2020 yil 27 dekabrda BMT tomonidan Xalqaro epidemiyaga tayyorgarlik kuni e’lon qilindi.

Ushbu sana nafaqat tayyor bo‘lish, balki epidemiyalarning oldini olish, turli vaziyatlarga tezkor javob choralarini ishlab chiqish va dunyo bo‘ylab tibbiyot tizimini kuchaytirish zarurligini eslatib turadi.

Bu jarayonda tibbiyot infratuzilmasini kuchaytirish, global sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatni ogoh qilish va davlatlararo mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash talab qilinadi. Bu faqat salomatlik tizimi uchun emas, balki global iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy tinchlikni saqlashda ham muhim.

Ta’kidlash joiz, BMT va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida izchil sheriklik yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik uchun JSST va mamlakatimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul.

JSST faoliyatida Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tomonidan ilgari surilgan tamoyillar muhim o‘rin tutadi. Xususan, Oliy komissar COVID-19ga qarshi tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda jamoatchilikning to‘liq ishtirokini ta’minlash muhimligini qat’iy tavsiya etadi. Uning ta’kidlashicha, epidemiyaga qarshi kurashishning yagona samarali usuli – jamiyat ishonchini qozonish.

Bunday omillar nafaqat kasallik tarqalishining oldini olish, balki jamiyatdagi ishonch muhitini mustahkamlashga ham xizmat qildi. Shu nuqtai nazardan sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, aholining xabardorligini oshirish va inqirozdan keyingi tiklanishni ta’minlashga qaratilgan dasturlar O‘zbekistonning pandemiya davridagi barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Pandemiya davrida koronavirusga chalingan fuqarolarimizni davolash uchun Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Germaniyaning yuqori malakali shifokorlari bilan, jumladan, teletibbiyot orqali muntazam tajriba almashish yo‘lga qo‘yildi. Jahonning eng ilg‘or davolash usullari keng qo‘llanildi.

Epidemiologik vaziyat ustidan xalqaro amaliyot asosida samarali nazorat o‘rnatish maqsadida barcha zarur choralar qabul qilindi.

Birinchidan, mamlakat miqyosida karantin tizimi joriy qilindi. Shuningdek, aholining mas’uliyatini oshirish uchun qonunchilikka zarur o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, soxta axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Ikkinchidan, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida, jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchinchidan, ta’lim tizimi uzluksizligini ta’minlash uchun sohadagi barcha muassasalar faoliyati masofadan, onlayn rejimda tashkil etildi va to‘liq hajmda amalga oshirildi.

To‘rtinchidan, aholi oziq-ovqat, dori-darmon, zarur tibbiy buyumlar va boshqa hayotiy muhim tovarlar bilan uzluksiz ta’minlandi. Imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamlarga beg‘araz manzilli yordam ko‘rsatildi. Bu jarayonda nodavlat tashkilotlar, fuqarolik institutlari va keng jamoatchilik faol ishtirok etdi.

Beshinchidan, iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari ishlab chiqildi. Shu maqsadda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga bank krediti bo‘yicha foizni “muzlatish” va soliq “ta’tili” imkoniyati yaratildi. Importga soliq va boj sezilarli darajada pasaytirildi.

Oltinchidan, turli hujjatlar, masalan sug‘urta polisini almashtirish muddatini o‘tkazganlik uchun javobgarlikdan ozod qilish chorasi ko‘rildi. Chet el fuqarolarining yashash muddatini buzganlik uchun jarima solmasdan qolish davri uzaytirildi.

Yettinchidan, xorijda bo‘lib turgan fuqarolarimizni qaytarish choralari ko‘rildi. O‘tgan davrda boshqa mamlakatlardan 11 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

Sakkizinchidan, O‘zbekiston pandemiyaga qarshi kurashda qator davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha faol siyosat olib bordi.

To‘qqizinchidan, barcha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’iy muvofiq amalga oshirildi. Bu borada 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Mazkur hujjatlarda inson huquqini cheklash chegarasi aniq belgilandi.

Koronavirus asosiy yuqumli kasallik va epidemiyalarning inson hayotiga, uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yetkazishi mumkin bo‘lgan halokatli oqibati misolidir. Ushbu pandemiya, ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasidagi global inqiroz va haddan tashqari yuklangan sog‘liqni saqlash tizimi uchun ortiqcha bosimni bzaga chiqardi.

Bu kasallik ayniqsa ayollar va bolalar tirikchiligiga, eng qashshoq mamlakatlar iqtisodiyotiga nomutanosib ta’sir ko‘rsatdi. Virus zaif guruhlarga mansub yoki shunday ahvoldagi insonlar uchun xavf tug‘dirdi.

Agar xalqaro hamjamiyat pandemiyalarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmasa, kelajakdagi epidemiyalar yanada jiddiy va tezkor kelishi mumkin. Shuning uchun mahalliy, milliy, mintaqaviy va global darajada epidemiyalarga tayyorgarlik, ma’lumot almashish, ilmiy bilim va ilg‘or tajribani o‘rganish, sifatli ta’lim va ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish vaziyatga samarali javob berishda eng muhim choralardir.

Epidemiyalarga qarshi kurashda asosiy xizmatlarni to‘xtatishning oldini olish va vaziyatni tezkor va samarali tarzda boshqarish juda muhim. Zarur javob berish choralarini kuchaytirish, odamlar sog‘ligini muhofaza qilish, hayvonlar va o‘simliklar salomatligini ta’minlash, shuningdek tabiatni muhofaza qilishni o‘z ichiga olgan “Yagona salomatlik” yondashuvi zarur. Bunday kompleks yondashuv ham sog‘liqni saqlash tizimi barqarorligini, ham tabiiy muhit saqlanishini ta’minlaydi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi global muammolarni hal qilishda hukumatlarning markaziy roli, shuningdek tegishli manfaatdor tomonlar, ayniqsa tibbiyot xodimlarining ko‘pchiligini tashkil etuvchi ayollarning beqiyos hissasini e’tirof etish zarur. Ularning mehnati, pandemiya davrida o‘z jonini xavf ostiga qo‘yishi va xizmatlarini davom ettirishi, butun dunyo miqyosida e’tirofga loyiq.

BMTga a’zo davlatlar aholining zaif guruhlariga mansub yoki epidemiya payti yuqish xavfi eng yuqori shaxslarga alohida e’tibor qaratgan holda tenglik va kamsitmaslik asosida keng qamrovli ishtirokni ta’minlashga sodiqligini ta’kidlaydilar. Bunda qariyalar, bolalar, nogironlar, migratsiya qilgan shaxslar va qashshoq aholi qatlamlarini himoya qilish va ularning huquqini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanishi kerak.

Shu munosabat bilan, BMT Bosh Assambleyasi barcha a’zo davlatlar, tizimdagi hamda global va mintaqaviy boshqa tashkilotlar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati, jumladan nodavlat tashkilotlar, ta’lim muassasalari, alohida shaxslar va boshqa tegishli manfaatdor tomonlarni har yili Xalqaro epidemiyaga tayyorgarlik kunini o‘tkazishga chaqiradi. Bu kunda tegishli tarzda va milliy shart-sharoitga muvofiq ma’rifiy ishlar, xabardorlikni oshirish tadbirlari o‘tkazish orqali epidemiyaga tayyorgarlikni ta’minlash, qarshi kurashish uchun hamkorlik o‘rnatish muhimligini targ‘ib etish lozim.

Muxtasar aytganda, bu yo‘ldagi barcha tashabbuslar bir-birini to‘ldirgan holda va birgalikda amalga oshirilsa, epidemiyaga qarshi samarali kurashish mumkin. Muhimi, ayni jarayonga global va milliy strategiyalarni shakllantirish orqali har bir mamlakat, tashkilot va jamoa hissa qo‘shishi taqozo etiladi.

Iqbolbek Abdumajidov,

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi

bo‘lim boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
27 dekabr – Xaqaro epidemiyaga tayyorgarlik kuni