26 yanvar – Avstraliya kuni, mamlakatning milliy bayrami – birinchi koloniya tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Keling, ushbu sana tarixiga nazar solamiz. Avstraliyaning sharqiy sohilini Jeyms Kuk 1770 yil kashf etdi va bu yerni Yangi Janubiy Uels deb atadi. 

Kapitan Artur Filipp esa 1788 yil aynan 26 yanvarda Sidney bandargohiga qo‘nib, birinchi koloniyaga asos solgan. Ayrim dalillarga ko‘ra, Avstraliya kuni ilk bor 1808 yilda nishonlangan. 1818 yil 26 yanvar kuni esa Janubiy Uels gubernatori Laklan Makkuori tomonidan rasmiy tarzda bayram tashkil etilgan.

Avstraliya (“Janubiy Yer”) atamasi dengizchi-sayohatchi Metyu Flinders va Nikol-Tom Boden tadqiqoti natijasida XIX asrdan boshlab qo‘llangan.

Shu kuni Milliy bayram butun mamlakat bo‘ylab o‘tadi va odatda, dasturdan rasmiy marosim, ko‘cha konsertlari, barbekyu, sport musobaqalari, festivallar o‘rin oladi. Avstraliya fuqaroligini berish marosimi ham shu kunga belgilanadi.

Bu sanani ayrim avstraliyaliklar – aborigenlar ma’qullamaydi, chunki ular yashil qit’ada inglizlar paydo bo‘lishi mahalliy aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, deb hisoblaydi.

Avstraliyada ommaviy axborot vositalari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismidir. Ikki yirik media kompaniya davlat tomonidan moliyalashtiriladi: Avstraliya radio eshittirish korporatsiyasi – ABC va maxsus eshittirish xizmati.

Mamlakatda ilk eshittirish 1923 yil 13 noyabr kuni Sidney stansiyadan uzatilgan. ABC 1932 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Hozir ushbu tuzilma  yiliga 1,18 milliard dollarlik byudjet bilan mintaqaviy stansiyalar, shuningdek Avstraliya tarmog‘i va radiosi orqali xorijga televideniye, radio, internet va mobil aloqa xizmatini taqdim etadi.

Ko‘rsatuvlar 1956 yildan yo‘lga qo‘yilgan. Avstraliyaning, deyarli, butun aholisiga yetib boradigan davlat televideniyesi efiridan tashqari uchta yetakchi tijoriy telekanal ham mavjud.

Avstraliya kundalik gazetalari 2 ta milliy, 10 ta hududiy, 37 ta viloyat va 470 ta boshqa mahalliy va shahar atrofidagi nashrlardan iborat. Barcha yirik gazetalar “News Limited”, Xalqaro media xolding – “News Corporation” sho‘’ba korxonasiga tegishli.

1831 yildan nashr etiladigan “Sidney tongi xabari” (The Sydney Morning Herald), 1855 yilda tashkil etilgan, hozir 600 ming adadda chiqadigan “Kundalik telegraf” (The Daily Telegraph), Melburndan 551 100 nusxada tarqatiladigan “Tonggi xabarchi” (Herald Sun), “Avstraliya moliyaviy sharhi” (The Australian Financial Review) kabi gazetalarнинг o‘quvchisi ko‘p. Tabiiyki, mamlakatda bir necha mashhur mustaqil axborot manbalari, onlayn jurnallar ham bor.

Avstraliyada chop etiladigan 1600 jurnaldan 30 tasi 80 mingdan ortiq o‘quvchiga ega.

“Avstraliya birlashgan matbuoti” (Australian United Press) agentligi 1928 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatning ichki hayoti va viloyat gazetalari uchun xorijdagi voqealar haqida ma’lumot beradi.

Avstraliya axborot agentligi (Australian Associated Press) –  “AAP”ga esa 1935 yil Keyt Merdok asos solgan.

AAP”da Shimoliy hududdan tashqari Avstraliyaning barcha shtatlari va mintaqalaridagi idoralarda ishlaydigan 80 ga yaqin jurnalist ishlaydi. Yangi Zelandiya va Londonda ham muxbirlariga ega agentlik AQSH, Yevropa, Osiyo va Afrika xabarlar tarmog‘idan foydalanadi. Sayt mahalliy va xorijiy yangiliklarni uzatishda yirik xalqaro axborot agentliklari bilan hamkorlik qiladi.

Video va vizual xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan “AAP” asosiy e’tiborni so‘nggi yangiliklarga qaratadi. Shu bilan birga sud hisoboti, sport, siyosiy-ijtimoiy yangiliklar, badiiy hikoya va fotosuratlarga ham keng joy ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Avstraliya bilan 1991 yil 26 dekabrda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida xatlar almashinuvi vositasida diplomatik munosabat o‘rnatgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
26 yanvar – Avstraliya kuni