26 ta yodgorlik zarar kördi - Madaniy meros agentligi
Özbekistonda önlab arxeologik yodgorliklar jiddiy xavf ostida. Madaniy meros obʼektlariga noqonuniy tajovuzlar oqibatida zarar yetkazilib, muhofaza hududlarida qurilişlar aniqlandi.
Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabariga köra, Özbekistonda 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgan, yana 48 ta yodgorlikning muhofaza hududida noqonuniy qurilişlar amalga oşirilgan. Zarar yetkazilgan binolar qimmatli tarixiy merosimiz bölib, kimlarningdir beparvoligi, manfaati yoki qonunbuzarligi tufayli yöqolib bormoqda.
Prokuratura organlari va Madaniy meros agentligi tomonidan ötkazilgan örganişlar davomida maʼlum bölişiça, Andijondagi miloddan avvalgi XII–VII asrlarga oid “Dalvarzin” arxeologiya yodgorligi hududida mevali boğ va ekin maydoni taşkil etilgan, hatto beton ğişt işlab çiqariş sexi ham qurilgan. Samarqanddagi “Talliğulontepa” yodgorligining 195 kub metr qismi oğir texnika yordamida buzib taşlangan.
Şahrisabzdagi “Sariqtepa” yodgorligi muhofaza hududida esa uçta uy özboşimçalik bilan qurilgan. Respublika böyiça 48 ta yodgorliklar muhofaza hududida uy-joy, hatto hojatxonalar “böy çözgan”. Örganişlar natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatilgan, 68 ta taqdimnoma kiritilgan. 20 nafar mansabdor şaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Şuningdek, yodgorliklarga qariyb 300 ta muhofaza belgisi örnatilişi taʼminlangan.
Şu örinda qayd etiş lozimki, arxeologiya yodgorliklariga zarar yetkaziş oğir jinoyat hisoblanib, aybdorlarga nisbatan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA