Har yili muhim sanalar, bayramlar munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ijodkorlar, ularning oila-a’zolarini yo‘qlash an’anaga aylangan.

9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida uyushma jamoasi 25 nafar ijodkor va ularning umr yo‘ldoshi, farzandlarini yo‘qladi. Xususan, marhum ijodkorlar – Nazarmat, Asqad Muxtor, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Said Ahmad, Mirmuhsin, Shukrullo Yusupov, Odil Yoqubov, Umarali Normatov, O‘lmas Umarbekov, Aleksandr Faynberg, San’at Mahmudova, Shukur Xolmirzayev, Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov, Amir Fayzulla, Tog‘ay Murod, Mirpo‘lat Mirzo, Sharof Boshbekov, Olim Otaxon, Usmon Qo‘chqor, Mehmonqul Islomqulovning xonadonida bo‘lib, ularning umr yo‘ldoshlari, farzandlarini yo‘qladik, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining tuhfalarini ulashdik.

Ular bilan samimiy suhbat qurdik.

– Mana shu so‘rimizda doim qog‘oz va qalam turardi, Abdulla aka qachon yozgisi kelsa, ulardan foydalanardi, – dedi shoirning umr yo‘ldoshi Hanifa Mustafoyeva. – Biz esa ularga xalaqit bermasdik. Buni hammamiz tushunib qolgandik. Tabiatni yaxshi ko‘rardilar. Xonadondagi daraxtu gullar ularning mehridan qonib katta bo‘lgan.

Xonadonlarga kirib borar ekanmiz, adiblarning umr yo‘ldoshlari, o‘g‘il-qizlari bizni samimiy, xursandchilik bilan qarshi olardi. Yaqinda olamdan o‘tgan dramaturg Sharof Boshbekovning ayoli Mavjuda Orifxo‘jayeva adibni shunday esladi:

– Bir umr birga yashab ulardan yomonlik ko‘rmadim. Halim inson edilar. Hatto derazalarniyam qattiq yopmasdi. Hammaga yumshoq muomalada bo‘lardi. Umrim ularni kutish, kuzatish bilan o‘tdi. Hayotimni umr yo‘ldoshim, farzandlarimga bag‘ishlaganman. Oxirgi vaqtlarda xastalanib qolganlarida ularni parvarishladim. Judayam o‘rganib qolgan ekanman. Hozir o‘rinlari bilinyapti. Yaxshiyam yaxshi insonlar, shogirdlar, Yozuvchilar uyushmasi bor, xabar olib turishadi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Murod Xidir, Olmos Ahmedova, Oydin Hojiyeva, Oygul Suyundiqova singari ijodkorlar holidan xabar olindi.

25 xonadonning har biriga 500 000 so‘mdan ortiq moddiy yordam hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Eng asosiysi, moddiy yordamdan ham ko‘ra 25 xonadonga mehr ulashildi. Bu mehrning taftini uzoq qilingan duolar, sevinch ko‘z yoshlaridan ham bilsa bo‘lardi.

Fozil FARHOD,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot xizmati

rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
25 xonadonga ulashilgan mehr