23 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 23 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 15-20, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, cho‘l hududining shimolida 11-13 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
23-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.
23 yanvar kuni kechasi va ertalab O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik bo‘ladi, asosan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
22-23 yanvar kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli qor yog‘adi.
Respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
23-24 yanvar kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, shimolda kechasi 12-15, kunduzi 2-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
23-26 yanvar kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA