Har yili 23 sentabrda “Bolalarning o‘rta maktabni tugatmasligiga qarshi kurash kuni” o‘tkaziladi.

Har yili 23 sentabrda “Bolalarning o‘rta maktabni tugatmasligiga qarshi kurash kuni” o‘tkaziladi. Bu sana ilk bor 2008 yilda AFEV (Shahar talabalar jamg‘armalari uyushmasi) tashkiloti tashabbusi bilan Fransiyada nishonlangan edi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har yili 150 o‘quvchi o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lmagan holda Fransiya maktablarini tark etar ekan. Bu degani shuncha miqdordagi yoshlarning oliy ta’limdan bebahra ekanidan dalolat beradi. O‘rta maktablarni tugallamagan bolalar bilan bog‘liq muammo nafaqat Fransiyada, balki jahonning boshqa mamlakatlarida ham uchrab turadi. Faqat fransuzlar bu muammoga birinchi bo‘lib jamoatchilik e’tiborini qaratishdi.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish kerak. Buning uchun o‘qituvchilar, maktablar ma’muriyatlari, ota-onalar, OAV va jamoat tashkilotlari birgalikda harakat qilishlari kerak bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 2005 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, atigi 50ga yaqin davlatdagina bolalarning boshlang‘ich ta’limi ta’minlangan. O‘sha yili sayyoramiz aholisining 20 foizi savodsiz ekani aytilgan edi.

To‘g‘ri dunyoda o‘rta ta’lim borasida yagona xalqaro standart yo‘q. O‘rta ta’lim masalasida milliy tizimlarni takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib borilmoqda. Savodsizlik bolalarning kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumot darajasi kishilar moddiy farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. YuNESKO ta’limni birinchi o‘ringa chiqarmoqda. Tashkilot tomonidan 2015 yilda qabul qilingan 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilangan Taraqqiyot dasturida ham ta’lim sohasiga alohida e’tibor qaratilgan.

1924 yil Jenevada Millatlar Ligasining Beshinchi Assambleyasida qabul qilingan “Bolalar huquqi to‘g‘risidagi Deklaratsiya”da “bolalarga jismoniy va ma’naviy rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi”, “och qolgan bolaga ovqat berilishi”, “bemor bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilishi”, “gunoh qilgan bola to‘g‘ri yo‘lga solinishi”, “yetim va uysiz bolalarga og‘ir damlarda yordam ko‘rsatilishi va boshpana berilishi”, “bola mehr ko‘rib voyaga yetishi va ekspluatatsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan himoya qilinishi”, ta’kidlanadi.

Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda jahonda 700 milliondan ortiq kishi o‘qish va yozishni bilmaydi. Ammo BMT bu raqam 900 millionni tashkil qilishini aytadi. Savodsizlarning uchdan ikki qismi Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Afrika mamlakatlarida yashovchi xotin-qizlardir. Shuningdek, 122 million o‘smirning savodsiz ekani aytiladi. Afrika qitasida o‘qish va yozishni bilmaydigan odamlar soni Braziliya aholisi sonidan ko‘p ekan.

Savodsizlik bilan bog‘liq muammo rivojlangan mamlakatlar uchun ham dolzarbligicha qolmoqda. Masalan, 30 milliondan ortiq amerikalik to‘g‘ri yoza olmaydi. Har beshta amerikalikning bittasi “Amerika” (America) so‘zini yoza olmas ekan.

Yevropada vaziyat nisbatan yaxshi. Ko‘xna qitada eng ko‘p savodsizlar Fransiyada ekan. Bu mamlakat fuqarolarining 9% o‘qish va yozishni bilmas ekan. Amaldorlarning fikricha, bu kabi vaziyat yildan yilga yomonlashib bormoqda. Germaniyada savodsizlar soni 4 million kishidan iborat ekani aytiladi. Bu 15 yoshdan katta bo‘lgan aholining 6,3 % yoki har 6 ta fuqaro demakdir.

Dunyodagi jamoat tashkilotlari savodsizlik bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga urinmoqda. Biroq, ko‘pchilik o‘z mamlakatlarida ta’limga yetarlicha mablag‘ ajratilmasligidan shikoyat qiladi. Juda ko‘p mamlakatlarda ta’lim ustuvor masala deya belgilanmagani ayanchlidir. Har yili 150 million bola maktabdagi ta’lim olishni muddatdan avvalroq tugatishga majbur bo‘lar ekan. Savodsiz bolalar va o‘smirlar qashshoq va aholisi zich istiqomat qiladigan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Savodsizlik va ta’limga e’tibor qaratilmaslik o‘z o‘zidan mintaqa taraqqiyotiga zarar yetkazadi.

YuNESKOning ta’lim bo‘yicha instituti vakillarining fikricha, ko‘plab davlatlar fuqarolarning ta’lim olishiga yetarlicha e’tibor qaratmayapti. 2000 yil Senegal poytaxti Dakarda bo‘lib o‘tgan Ta’lim bo‘yicha Jahon anjumanida dunyodagi savodsizlar sonini kamaytirish borasida qaror qabul qilingan edi. Unda ta’kidlanganidek, dunyoning qaysi davlatida bo‘lishidan qatiy nazar bolalar boshlang‘ich ta’lim olishi kerak. To‘g‘ri, 1970-yillardan boshlab jahonda savodsizlar soni kamayib bormoqda. Shu kunga qadar dunyoda savodsizlar soni 15 foizga kamaygan, ammo bu “do‘ppini osmonga otish kerak” degani emas. YuNESKO vakillarining aytishicha Dakar anjumanida qabul qilingan qarorlar o‘nlab mamlakatlarda bajarilmayapti.

YuNESKO hisobotiga qaraganda, ta’lim bilan bog‘liq vaziyat Afrikada o‘ta dolzarbligicha qolmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bolalar televizor va kompyuter qarshisiga “mixlanib” qolib, ota-onalar uchun muammo tug‘dirayotgan bo‘lsa, Afrikada bolalar ochlik, OITS, savodsizlik, ayrim hollarda qurolli to‘qnashuvlar vaqtida o‘lim bilan to‘qnash kelmoqda. Qit’aning ko‘plab mamlakatlarida yuqumli kasalliklarning avj olishi tufayli o‘qituvchilar soni kamayib ketdi va shu sababli ham maktablarda dars berish to‘xtab qolgan. Ota-onalarining kasalligi yoki bevaqt vafot etishi tufayli bolalar ko‘chada qolmoqda va bir burda non ishlab topishga majbur bo‘lishmoqda. Ovqat g‘amida bo‘lgan bolalarning boshiga o‘qish kirarmidi?!

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, agar xotin-qizlarning hammasi savodli bo‘lganidami, u holda jahonda bolalar o‘rtasidagi o‘lim holatlari kamayar ekan. Janubiy va G‘arbiy Osiyo, Afrika mamlakatlarida qizlar boshlang‘ich ta’lim olganida bormi u holda erta nikohlar soni 14 foizga, o‘rta ta’lim olganlarida esa erta nikohlar soni 64 foizga kamayar ekan.

Savodli inson hayotda o‘z o‘rnini topib ketishi aniq. Savodxonlik tinchlik va barqaror taraqqiyot omilidir. Shu bilan birga savodxonlik insonni shaxs etib shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Har bir inson bilim olish huquqiga ega. Savodli bo‘lish o‘zimiz va atrofdagilarning turmushini yaxshilash demakdir. Savodxonlik nafaqat huquq, balki majburiyat ekanini ham unutish kerak emas Ammo bir narsadan aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi – 21 asrda ham jahonning bir qator mamlakatlarida bolalar na o‘qish, na yozishni biladi, ular to‘yib ovqat yemaslik oqibatida hayotdan erta ko‘z yummoqda.

Ayrim mamlakatlarda maktabni bitirgan bolalarni tom ma’noda savodxon deb bo‘lmaydi. Chunki ularning bilimi xalqaro me’yorlarga to‘la mos kelmasligi aytiladi. Shu bois savodsizlikka qarshi kurash zamonamizning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
23 sentabr - Bolalarning o‘rta maktabni tugatmasligiga qarshi kurash kuni
Жамият
11:47 / 23:09:2019