-

Abdulla Oripov
ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Erkin Vohidov
ONA TILIM O‘LMAYDI
 
Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».

«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan!»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.

Kim darg‘azab,
Kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.

«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi».
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

– Hey, bu qanday aqida! –
Qo‘lida tabarruk jom,
Go‘zal forsiy haqida
Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otashdil
Beranje so‘rdi nolon:
– Nahotki, farangi til
Yo‘qolgusi bir zamon!

Neruda, Lorka turdi
Servantesning yoniga:
– Kim qasd etib tig‘ urdi
Ona tilim joniga!

Fuzuliy yondi:
– Ozar
Tili guldek so‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».

Kamalakdek rango-rang
Bo‘lsin deb san’at, tillar,
Asrlarcha qildik jang,
Armon qildik ming yillar.

Beqadr bo‘lsa, nahot,
Tillardagi tarovat!
Yo‘qoldi bu kun, hayhot,
Qabrlarda halovat!

«Faust» yondi gurillab,
«Xamsa» o‘tga tutashdi.
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.

Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!

Mukarrama Murodova

ONA TILIM

Onasi betoblangach, Uni ilk bor o‘ylagan,

Jon fido qilishga shay turgan farzand misoli —

Yonib, ona tilini avj pardada kuylagan —

Shoirlardek, men seni alqamagandim hali…

Yonib yoza olmagan armonim, ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim — ona tilim!

Ta’rifga sig‘mas dedim, chunki sen — hayot tuzi,

Xalq jigari asrlab poklagan toza qonsan.

Kuylash emas ko‘rindi, chunki sen — mening o‘zim,

Sen — o‘tmishim, hayotim, istiqbolim, imonsan.

Qalbim hosilin yiqqan xirmonim, ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim — ona tilim!

Shonli yo‘ling sharxlamoq ortiqchadir, yoqsalar,

Samandarlar misoli boqiy g‘olib qolgansan.

Bo‘g‘moqchi bo‘lib kelgan tillar shoxin qayirib,

Gavharlarin qo‘yningga asta solib olgansan.

Tosh ostida yetilgan marjonim, ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim — ona tilim!

Dunyoda tillar ko‘pdir, hammasi ham serjarang,

Yolg‘izim, sen ulardan ustun demasman zinhor.

Balki shundan, ko‘nglimga shubha sola — boshlar jang:

Olamda lotin tili yanglig‘ o‘lgan tillar bor!

Bo‘lay obi hayoting, darmoning, ona tilim!

Jon olib jon berishdan darxonim — ona tilim!

Ne quyma tafakkurlar, ne olim, zakiy zotlar

Izlab topa olmadi chashmi ibtidoingni.

Ishongum: hech qandayin EHMu robotlar

Topolmagay limitu sarhad, intihoingni.

Sobit ishonch, bepisand karvonim, ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim— ona tilim!

Yorga sevgisin hatto ajnabiy tilda aytgan

Valadlardan Navoiy, Bobur chekkan iztirob.

Kun kelib chin Qomusim zarhal ila bitilgay,

Ona tilda yozilgay Qaror, hujjat degan bob.

Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim, ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim — ona tilim!

G‘urur bilan, baralla madh aylasam haqqim bor.

Burchlimiz qadring bayroq aylashga she’rimizda.

O‘ttiz milyon o‘zbekka taqdirsan, rag‘bat, afkor,

Sen quvvat manbaisan baxtimiz, sho‘rimizda.

She’riyat minbaridan Farmonim — ona tilim!

Mangulik yo‘llarida sarbonim — ona tilim!

(1985 yil)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni