Xalq deputatlari Samarqand tumani Kengashi sessiyasida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 11 oyda 4 ming 217 fuqaroga bandlik sohasidagi xizmatlar ko‘rsatildi.

Xususan, 21 ming 187 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish joylariga joylashtirildi, 174 nafari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitildi, 352 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi, 403 nafariga mehnat, bandlik masalalari bo‘yicha huquqiy maslahat berildi.

Bundan tashqari, 1 ming 156 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi hamda ularning ish haqi to‘lovi uchun Jamoat ishlari jamg‘armasidan 1 milliard 585 million so‘mdan ortiq mablag‘ moliyalashtirildi. Tumanda xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida 352 nafar ishsiz, vaqtincha ishsiz qolgan va ish izlovchi fuqaroga ishsizlik nafaqalari tayinlanib, ularga jami 160 million so‘m mablag‘ to‘landi.  

Shaxsiy tomorqasida band bo‘lishni istagan “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning 88 nafariga 282,7 million subsidiya mablag‘i asosida yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish va sug‘orish vositalari o‘rnatib berildi.

Shuningdek, sessiyada ma’lum qilinicha, tuman tuxum yetishtirish bo‘yicha respublikada eng katta salohiyatga ega hududlardan biri hisoblanadi.

bugungi kunda tumanda 2,5 million parranda parvarish qilinmokda. Shundan, parrandachilik xo‘jaliklarida 1,4 million va aholi xonadonlarida 1,1 million boshni tashkil qiladi.

Mavjud 18 ta parrandachilik xo‘jaligiga qariyb 595 gektar ozuqa yerlari biriktirib berilgan.

Tuman aholisi ehtiyoji uchun yiliga 54,3 million dona tuxum talab etilib, amalda ehtiyojga nisbatan ko‘p – 607,1 million dona tuxum yetishtiriladi.

Yil davomida hududda parrandachilik yo‘nalishida 12 ta loyiha ishga tushirilib, 1,3 ming bosh, shundan 3 ta yunalishda 1,3 ming bosh parranda parvarishi yo‘lga qo‘yildi. Kelgusi yil I chorak yakuniga 1,3 million dona tuxum yetishtirish imkonini beradigan qiymati 157,2 milliard so‘mlik yana 3 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada aholining ehtiyojiga nisbatan 1168,3 foiz tuxum yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Sessiyada qishloq xo‘jaligida klaster tizimi, bu yangilikning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni haqida ayrim misollar keltirildi. Jumladan, donni qayta ishlash va g‘allachilik klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi tomonidan bir sutkada quvvati 150 tonna omuxta yem ishlab chiqarish loyixasi ishga tushirildi. Qiymati 33,8 milliard so‘mlik loyiha doirasida 200 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

N.Nasriyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
21 mingdan ziyod ishsiz aholi bandligi ta’minlandi