Sana munosabati bilan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida “O‘rmonlar – sayyoramiz nafasi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Unda senator va deputatlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi mas’ul xodimlari, soha olimlari, xorijlik mutaxassislar va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida bugungi kunda tabiatni asrash, bu borada qonunchilikni mustahkamlash, yo‘qolib borayotgan hayvonot va o‘simlik dunyosini tiklash bo‘yicha qilinayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar borasida keng ma’lumot berildi. Aytish kerakki, 21-mart sanasi 1971-yildan buyon har yili butun jahonda Xalqaro o‘rmonlar kuni yoki Umumjahon o‘rmonlarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BuSvsKqRCgw" title="21-mart – Xalqaro oʻrmonlar kuni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Forum doirasida tashrif buyuruvchilarga olimlarimiz tomonidan o‘rmon xo‘jaligi yerlari maydonida o‘simliklar dunyosini ko‘paytirish borasida qilinayotgan ishlar, ilmiy izlanishlar ham namoyish etib kelinadi. Yangi navlar taqdimotlari o‘tkaziladi va har yili biror bir muhim mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi.
Tadbir ishtirokchilari forum doirasida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutidagi biolaboratoriyalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishish, o‘rmonchilik xo‘jaliklarida ko‘chat navlarini ko‘paytirish borasida qilinayotgan ishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA