So‘nggi yillarda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga etib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi.

Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.

Ma’lumki, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 2015 yil sentyabrda Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek,
2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida «Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish»ga oid to‘qqizta vazifani ishlab chiqdi. Xususan, Jahon bankining «Ayollar, biznes va qonun indeksi»da 190 ta mamlakat orasida 139-o‘rinni, AQSHning Jorjtaun instituti tomonidan yuritiladigan «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi»da 167 ta mamlakat ichida 89-o‘rinni egallamoqda.

Islohotlarning barcha bosqichlarida O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga oladi. Aholi daromadlarini tizimli ravishda oshirib borish, bandlik va mehnat munosabatlarini shakllantirish, aholining ayrim toifalarini, shu jumladan, tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shimcha kafolatlar berildi.

Xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Buning natijasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar soni bir yilda 45 ming nafarga ko‘paydi.

2019 yildan boshlab aholining ish bilan ta’minlanishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi davlat buyurtmasi asosida amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtincha mehnat guvohnomalarini berish va ularning ish stajini qayd etish tartibi joriy etildi. Natijada norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizga yetdi.

Respublikaning chekka hududlarini rivojlantirish, qishloqlarni obodonlashtirish, qishloqlarda yashovchi xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikni qisqartirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligining turli sohalarida
1,5 milliondan ortiq xotin-qizlar mehnat qiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining 20 foiziga, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qiladi.

2017 yildan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, fuqarolarni sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga ongli va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatish, xotin-qizlar va erkaklarning reproduktiv huquqlarini amalga oshirishda teng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

So‘nggi o‘n yillikda butun dunyo hamjamiyatida demokratik me’yor va tamoyillarni qaror toptirish uchun kurashning dolzarblashuvi munosabati bilan gender tengligi muammosi tobora keskinlashib bormoqda. Gender tengligi asosiy ijtimoiy qadriyat sifatida umumiy tenglik konsepsiyasining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iboratdir.

Gender strategiyasining asosiy vazifalari va maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

xotin-qizlarning yer va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta’lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;

xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq salbiy qarashlarni o‘zgartirish, aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o‘rinlarini yaratish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish; 

xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini rag‘batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish;

tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, ularni aniqlash va barham berish bo‘yicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish, oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini oshirish, erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish;

gender tenglik tamoyillarini ilgari surishda, xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng amalga oshirishda byudjetni rejalashtirish;

gender masalalarini byudjet jarayonlariga integratsiyalash, gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish, gender tenglik, ayollar tadbirkorligi, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini baholovchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish milliy maqsadlariga erishishda parlament, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, gender tenglik sohasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga mos bo‘lgan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

TIZIMLI MAQSADLAR...

Gender strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarish bilan birga, tizimli aniq maqsadlar orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:

yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlash amaliyoti kengaytirish, siyosiy partiyalarni rag‘batlantirish orqali xotin-qizlarni saylov jarayonlariga keng jalb qilish, aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlar, shuningdek, ular uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan, ayniqsa qishloq joylardagi oilalarni ish bilan ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligi oshirish;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ko‘lami kengaytirish, xotin-qizlar va erkaklarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish, jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan shakllangan salbiy qarashlar darajasi kamaytirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun mehnat faoliyatini, jamiyat hayotida ishtirok etishni oilaviy majburiyatlar bilan birga olib borish uchun zarur sharoitlar yaratish;

mehnat migrantlari bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimi rivojlantirish, ularning huquqiy savodxonligi yuksaltirish, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar va erkaklarning mas’uliyati hamda roli oshirish;

oilaviy ajrimlarning oldini olish, bu kabi salbiy holatlarda xotin-qizlar, erkaklar hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash mexanizmlari rivojlantirish;

xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyati oshirish, zarur axborot va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirish, hududlarda, ayniqsa qishloq joylarida xotin-qizlar va erkaklarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifati yaxshilash;

ijtimoiy ahamiyatli va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ehtiyoji yuqori bo‘lgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarini tashkil etish;

maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, tibbiyot hamda erkaklar ulushi kam bo‘lgan boshqa sohalarga erkaklar jalb qilish, ochiq va shaffof byudjet siyosatini amalga oshirish orqali xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi tengsizlikni kamaytirish;

xotin-qizlar va erkaklarga manzilli davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ularning sifati va samaradorligini oshirish choralari ko‘rish;

«Genderga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, vazirlik va idoralarning gender nuqtai nazaridan rejalashtirish va byudjetlashtirish bo‘yicha salohiyatini oshirish shuningdek byudjet masalalariga doir barcha normativ-huquqiy va boshqa tusdagi hujjatlar loyihalari majburiy tartibda gender ekspertizasidan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to‘liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlar ta’minlanishi, shuningdek, Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o‘z ichiga olishi zarur.

Nargiza Faxriddinova, 

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bosh yuriskonsulti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasining istiqboldagi maqsadlari qanday?