2026-yil 28-aprel - 2-may kunlari “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga muvofiq, “28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan 2026-yil 28-aprel - 2-may kunlari “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi hamda ushbu haftalik doirasida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.
Farmoyish bilan:
“Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi hamda ushbu xaftalik doirasida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruh tarkibi;
“Mehnatni muhofaza qilish” haftaligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
“Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi dasturi tasdiqlandi.
Tashkiliy guruh:
“Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi hamda ushbu haftalik doirasida Konferensiyani yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish;
Konferensiya ishida xorijiy davlatlarning tashkilotlari, moliya institutlari, ilmiy muassasalari va boshqa tashkilotlari vakillari hamda mahalliy olimlar va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish;
vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish choralarini ko‘radi.
Tashkiliy guruh tomonidan, zarur hollarda, “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zA