So‘nggi yillarda aholi soni yiliga qariyb 800 ming nafarga, yangi oilalar soni esa 300 mingtaga ortayotgani uy-joyga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishni taqozo etmoqda.

2025 yil 21 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, hududlarda uy-joylarni urbanizatsiya va renovatsiya tamoyillariga muvofiq qurish ko‘lamini kengaytirish, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etishni jadallashtirish, ipotekani moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda kapital bozorining rolini oshirish hamda tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni davom ettirish kabi yo‘nalishlar belgilab berilgan. 

Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning yangi tartiblari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu yangiliklar xususida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Shahboz Zokirov bilan suhbatlashdik.  

- Ushbu farmon avvalgi shu yo‘nalishda  qabul qilingan huquqiy hujjatlardan nimasi bilan farq qiladi va qanday imtiyozlar ko‘zda tutilgan?

- Farmon bilan 2025 yilda 30 000 nafar talabgorga subsidiya ajratish belgilanmoqda. Bu 2024 yilga nisbatan 1.5 barobarga ko‘pdir. 2024 yilda Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 1.5 trln so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, joriy yilda 2.5 trln so‘mlik mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DAdw4h_JP6M" title="2025 Yilda uy-joy ipotekasi uchun subsidiya kimlarga beriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ipoteka kreditlari bo‘yicha arizalarni qabul qilish joriy yilning 3 mart kuni soat 9:00 dan boshlanadi. Fuqarolarimiz subsidiya olishi uchun istalgan tuman-shahar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz  yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  orqali mustaqil ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yilda uy-joy ipotekasi uchun subsidiya kimlarga beriladi? (+video)