Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Aytish kerakki ushbu qaror avvalgi shu yo‘nalishdagi huquqiy hujjatlardan tubdan farq qiladi va bu borada aniq mexanizmlar shakllantirilgan. Ayniqsa xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, maqbul jihatlari tadbiq qilinishi kelgusida o‘z samarasini beradi. Yana bir muhim jihat, mazkur qaror yil dasturida belgilangan yo‘nalishlarga juda yaqin bo‘lib, atrof-muhit muhofazasi, aholini daromadli qilish, “Yashil energetika”ni rivojlantirish, ko‘chat ekish kabi tadbirlarga ustuvorlik berilgan.
Albatta qarorda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqa jihatlar ham mavjud. Bu haqida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirishni tashkil etish departamenti boshlig‘i Murod Muhammadiyev bilan suhbatlashdik.
- Aytinchi bu qaror avvalgi shu yo‘nalishdagi huquqiy hujjatlardan nimasi bilan farq qiladi?
- Bu yilgi qarorning o‘ziga hos jihati shundaki har yili “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan bo‘lsa, bu galgisi “Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror sifatida qabul qilindi. Ya’ni, kambag‘allikdan chiqarishni asosiy yo‘llaridan biri bu – aholini biror-bir daromadli mehnat bilan ta’minlash, band qilishdan iborat. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bu qaror bir qancha muhim jihatlarni qamrab oladi.
Qolaversa bu qarorda 5.2 million aholini ish bilan band qilish hamda 1.5 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlangan.
5.2 million raqami juda ko‘p bo‘lib tuyulishi mumkin. Ishsizlar soni 800 ming nafarni tashkil qilsa. Nima uchun bunchalik katta reja olindi? – degan savollar tug‘ilyapti. Albatta bu bejizga emas. Bu yerda nafaqat ishsizlarni, balki har yili mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlarimiz ham nazarda tutilgan.
1.5 million nafarga yaqin maktabni, kasb-hunar maktablarini, qolaversa, oliy ta’lim bitiruvchilarini ham ish bilan ta’minlash e’tiborga olingan. (davomi videoda)
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LLH_aL2-KKY?si=OJu6mFMNupdqbflP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA