O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2025 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, 2025 yil hosilidan jami 2 850 ming tonna bug‘doyning:

1 650 ming tonnasini fermer xo‘jaliklari hamda boshqa bug‘doy yetishtiruvchilar  tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tijorat vakillari omborlarida vaqtincha saqlashga qabul qilish;

1 000 ming tonna tovar bug‘doyni davlat resursi sifatida; 

200 ming tonnasi urug‘lik uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi. 

Qarorga ko‘ra, respublika tijorat banklari bug‘doy yetishtiruvchilar kesimida 2025 yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hamda urug‘lik bug‘doydan yuzaga kelgan qarzdorliklarni so‘ndirishga talab etiladigan boshoqli don hajmlari bo‘yicha hisob-kitoblarni uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan bug‘doy yetishtiruvchilar kesimida bug‘doy topshirish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuboradi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu hisob-kitoblarga asosan bug‘doy keyinchalik birja savdolarida sotish uchun tijorat vakillari omborlarida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinishini ta’minlaydi. 

Qarorga muvofiq: 

2025 yil hosilidan vaqtincha saqlash, davlat resursi va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qiladigan omborlar dislokatsiyasi; 

2025 yil hosilidan davlat resursiga xarid qilinadigan bug‘doyning sinflar kesimidagi narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari;

2026 yil hosili uchun tayyorlanadigan urug‘lik bug‘doyni vernalizatsiya qilish uchun sovitkichli omborxonalarda saqlash hajmlari tasdiqlandi.

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat resursiga xarid qilingan, shuningdek, vaqtincha saqlashga qabul qilingan tovar bug‘doyni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga birja savdolari orqali cheklovlarsiz sotishga;

Jamg‘armaning tijorat vakili bo‘lgan donni qayta ishlash quvvatiga ega bug‘doy yetishtiruvchilarga o‘zlari yetishtirgan tovar bug‘doyni o‘z omboriga vaqtincha saqlashga qabul qilib, ushbu bug‘doydan 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda un ishlab chiqarib, birja savdolari orqali sotish majburiyatini olganda, tovar bug‘doyni grafik asosida qayta ishlab sotishga;

bug‘doy yetishtiruvchilarga urug‘lik bug‘doy uchun urug‘lik tayyorlash korxonalari oldidagi, shuningdek, bug‘doyni tashish, qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish xarajatlari bo‘yicha tijorat vakillari oldidagi qarzdorliklarini vaqtincha saqlashdagi tovar bug‘doy hisobidan urug‘lik tayyorlash korxonalari hamda tijorat vakillari bilan o‘zaro shartnomalar asosida qoplashga ruxsat beriladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorni don bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi