«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Bugun, 6 noyabr kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov boshchiligida yig‘ilishda o‘tkazildi. Unda Aksiyadorlik jamiyatining barcha boshqarma, xizmat, bo‘lim boshliqlari, mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, energetika tizimdagi 2024-2025 yil kuz-qish mavsumi davomida barqaror faoliyat yuritish va Energetika xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish, yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shuningdek, fuqaro muhofazasi bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahrida «2024/2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi tadbiri 500 kV kuchlanishli «Toshkent» hamda 220 kV kuchlanishli Qo‘yliq» podstansiyalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda «Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan» qo‘shma qaror ishlab chiqilgan. Ushbu qarorga ko‘ra, 2024 yilning noyabr oyi «Energetika xavfsizligi oyligi» etib belgilandi.
«Energetika xavfsizligi oyligi» doirasidagi tadbirlar barcha magistral elektr tarmoqlari filiallari hamda yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda grafik asosida o‘tkazilmoqda.
O‘zA