Navoiy shahrida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ faoliyatining 2023-yil yakunlari va joriy yildagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“NKMK” AJ Byudjetlashtirish va kontrolling boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Kostayev ma’lumot berdi.

Bugungi kunda kombinatda olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlar ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishga xizmat qilmoqda.

–“NKMK” AJ jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi, –deydi Umidjon Kostayev. – Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan yirik sanoat klasteri bo‘lib, zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. “NKMK” AJning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi. 

“NKMK” AJ tomonidan 2023-yil yakunlari bo‘yicha jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 67,5 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 103,8 foizga bajarildi. 

Ayni paytda Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, zamonaviy gidrometallurgiya zavodlari, yangi kon-shaxta va boshqa obyektlar qurish, korxonalar quvvatlarini oshirish hisobiga kombinatda ishlab chiqarish hajmi, iqtisodiy ko‘rsatkich va natijalar ko‘lami yildan yilga o‘sib borayapti.

[gallery-16662]

2023-yil yakunlari bilan amalga oshirilayotgan 12 ta investitsion loyiha doirasida 473,5 million dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, umumiy qiymati 408,8 million dollar bo‘lgan 5ta investitsion loyiha ishga tushirilib, 1445 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Xususan, eng yirik investitsion loyiha doirasida Nurota tumanidagi “Pistali konida yiliga 4 million tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 6-gidrometallurgiya zavodi ishga tushirildi.

Hozirgi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida oltin va kumushdan tashqari, mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘z faoliyati uchun keng turdagi tog‘-kon sanoati uskunalari, ehtiyot va butlovchi qismlar ham ishlab chiqarilmoqda. 

2023-yilda kombinat tomonidan mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 173 ta loyiha doirasida 629,5 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, Sanoat kooperatsiyasi yarmarkalarida mahalliy korxonalardan 5,5 trillion so‘mlik mahsulotlar xarid qilindi.

Kombinatda har yili ishlab chiqarishning energiya sarfini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar hisobidan kombinatda oltin tannarxi jahonning eng yirik “TOP-10” taligidagi kompaniyalar orasida eng pasti bo‘lib, bu kombinatning barqaror moliyaviy holatini ta’minlamoqda. 

2023-yil yakunlari bilan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida mahsulot ishlab chiqarishtannarxi 5,6 foizga kamaytirildi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda kombinat tomonidan to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlar salmoqli o‘rinni egallaydi. 2023-yil yakunlari bilan davlat byudjetiga 38,6 trillion so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

Matbuot anjumanida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savolarga atroflicha javoblar olishdi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023-yilda byudjetga 38,6 trillion so‘m mablag‘ to‘landi