Farmatsevtika sog‘liqni saqlash tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ushbu sohaning rivojlanish darajasi aholining hayot sifati ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi. Davlatimiz rahbari tomonidan sohani rivojlantirishga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, aholini zarur dori vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan ta’minlash kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi. 

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ambulatoriya davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan 14 toifadagi shaxslarga 2023-yil davomida 468 120 ta retsept orqali 25 mlrd. so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. 

Bu haqda AOKAda "Dori-darmon" AK boshqarma boshlig‘i Sohib Mahmudov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda so‘z yuritildi. 

Shuningdek, o‘tgan yil davomida 962,6 mln. so‘mlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berilgan. 

Davlat buyurtmasiga ko‘ra, 2 154 784 doza grippga qarshi vaksinalar olib kelingan. Kompaniya tomonidan o‘tgan yilda 14,7 mlrd. so‘mlik 682 465 flakon insulin kirim qilingan. Shundan 272 825 flakon insulin Sog‘liqni saqlash vazirligiga yetkazib berildi. 

Kompaniya tomonidan Germaniyaning “Biotest Pharma GmbH” tomonidan ishlab chiqarilgan 3 800 dona “Intratekt” – Odam normal immunoglobulini xaridi amalga oshirildi va shartnoma asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Oʻzmedimpeks” davlat muassasasiga yetkazib berildi. 

M.Qosimova, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023-yilda 68 milliard so‘mlik ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari xarid qilindi – "Dori-darmon" AK