Samarqandda “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini oshirish va subvensiyadan chiqarishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zLiDeP tomonidan Bank-moliya akademiyasi va O‘zbekiston iqtisodchilar jamiyati bilan hamkorlikda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati tumanlarini subvensiyadan chiqarish jarayonini partiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh o‘rganib, ijro hokimiyati organlariga zarur tavsiyalar bergan.

– Payariq tumanini atroflicha o‘rganish natijasida 2017-2021-yillarda tumanda go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash, qurilish materiallari va trikotaj matolar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish asosida bu vazifani bajarish imkoniyati mavjudligi aniqlandi, – deydi O‘zbekiston iqtisodchilar uyushmasi raisi Sh.Teshayev. – Belgilangan rejalarning amalga oshishi tumanda 2021-yilga borib aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2 million 150 ming so‘mga yoki 2,3 martaga, xalq iste’moli mollari 1 million 725 ming so‘mga yoki 1,8 martaga ko‘payishini ko‘rsatdi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida ham jiddiy o‘sish kuzatiladi. Boshqa tumanlarni subvensiyadan chiqarish bo‘yicha ham shunday imkoniyatlar mavjud.

Davra suhbatida Samarqand viloyatining subvensiyada bo‘lgan tumanlari tabiiy, iqtisodiy imkoniyatlari va inson salohiyatidan, qurilishi tugallanmagan obyektlar va yer maydonlaridan oqilona foydalanish, hududlarning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali holatni o‘nglash istiqbollari tahlil etildi.

2018-yilda Nurobod, 2019-yilda Qo‘shrabot va Tayloq, 2020-yilda Bulung‘ur, 2021 yilda Narpay tumanlarini subvensiyadan chiqarish bilan bog‘liq dasturlar atroflicha muhokama qilinib, ko‘zlangan natijaga erishish imkonini beruvchi omillar sanab o‘tildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022-yilgacha Samarqand viloyatida beshta tuman subvensiyadan chiqariladi